Buyurtmalar
Mijoz, mahsulot, miqdor, muddat va mas'ul xodim. Oldindan to'lov va qoldiq qarz avtomatik hisoblanadi.
- Kvitansiya: 80 mm POS va A4
- Muddati o'tganlar nazorati
Buyurtma qabul qilishdan sof foydagacha — ish jarayoni, ombor, kassalar, davomat va ish haqi bir joyda. Qog'oz daftar va Excel jadvallarisiz.
TD Tipografiya poligrafiya korxonasining kundalik ishini to'liq qamrab oladi — har bir buyurtma, har bir material va har bir so'm hisobda.
Mijoz, mahsulot, miqdor, muddat va mas'ul xodim. Oldindan to'lov va qoldiq qarz avtomatik hisoblanadi.
Buyurtma bosqichma-bosqich yuradi: kesish, bosish, qadoqlash. Kim nima qilayotgani doim ko'rinib turadi.
Mahsulot narxi material sarfi va ish haqidan avtomatik hisoblanadi: tannarx, foyda, soliq.
Qog'oz, bo'yoq va boshqa materiallar kirimi, sarfi va qoldig'i. Yetkazib beruvchilarga qarz nazoratda.
Naqd, plastik karta, bank o'tkazmasi, Click va Payme — har bir kassa bo'yicha kirim, chiqim va qoldiq.
Keldi-ketdi, smenalar va kechikishlar. Ish haqi oylik, haftalik, kunbay yoki soatbay hisoblanadi.
Yalpi va sof foyda, xarajatlar, mijozlar aylanmasi, kassa va ombor hisobotlari — istalgan davr uchun.
Rahbarga har kuni 20:00 da qarzdorlar ro'yxati va zaxira nusxa. Mijozlarga avtomatik SMS eslatmalar.
Har bir xodim o'z login va paroli bilan, faqat ruxsat berilgan bo'limlarda ishlaydi.
Haqiqiy dastur oynalari. Xodimlaringiz bir-ikki kunda o'rganib oladi.
Bugungi holat plitkalarda: shu yil, shu oy va bugungi sof foyda.

Miqdor va summa "buyurtma / tayyor" ko'rinishida, holat va davr bo'yicha saralash.

Har bir buyurtma qaysi bosqichda va kimda ekanini ko'rib turasiz.

Buyurtmalar summasidan material sarfi, xarajatlar va ish haqini ayirib, sof foydani ko'rsatadi.

Mijoz kelganidan to pul kassaga tushguncha — har qadam dasturda.
Buyurtma, narx va oldindan to'lov yoziladi, mijozga kvitansiya beriladi.
Buyurtma bosqichlardan o'tadi, xodimlar bajarilgan ish va material sarfini kiritadi.
Tayyor mahsulot mijozga beriladi — o'zi olib ketadi, xodim yoki taksi yetkazadi.
To'lov kassaga, ishbay haq xodimga, foyda esa hisobotga tushadi.
Asosiy kompyuterga baza o'rnatiladi, qolgan ishchi kompyuterlar unga ulanadi. Hamma bir vaqtda, bitta ma'lumot bilan ishlaydi.
Javob topmadingizmi? Biz bilan bog'laning — tez orada javob beramiz.
Yo'q. Baza korxonangizdagi asosiy kompyuterda turadi va mahalliy tarmoqda ishlaydi. Internet faqat Telegram va SMS xabarlari uchun kerak.
Asosiy (server) kompyuter va unga ulangan ishchi kompyuterlar — qabulxona, sex, kassa, rahbar — barchasi bitta bazada ishlaydi.
Dastur to'liq o'zbek tilida. O'rnatishdan hisobotlargacha har bir bo'lim bo'yicha 13 ta video qo'llanma tayyorlangan.
Ha. Ishni boshlashdan oldin hamkorlar qarzi, kassa, ombor va xodimlar ish haqi qoldiqlari kiritiladi.
Ha. Har bir korxona alohida bazada yuritiladi; dastur ochilganda kerakli korxona tanlanadi.
Arizani qoldiring — dasturni korxonangizda ko'rsatib beramiz va savollaringizga javob beramiz.